Форма входа

Поиск по каталогу

Отправка СМС
COSCOM coscom MTS mts
Perfectum perfectum Beeline beeline
 
Самые активные:
Jalolbek
Количество стихов: 632
Admin
Количество стихов: 244
fortuna
Количество стихов: 88
Neruskiy
Количество стихов: 74

Транслитер
>>
>>

Главная страница

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Творчество Моего Мира


Вторник, 26.11.2024, 00:27
Начало » Творчество » Стихи о любви » Mening olamim she'rlari

Baxtli onlar...
Kechir meni sevgilim,
To’yingga borolmadim.
Yuragim qiynalsa ham,
Hech buyruq berolmadim.
Ko’rgim keldi-yu, seni
Yuragim bo’ysunmadi.
O’zga bilan ko’rishga
G’ururim yo’l qo’ymadi.
Nega unday qilganing
Tushunaman, bilaman.
Ota-onang tufayli
Azoblarda yonaman.
Men sendan ayrilsam ham,
Sen men uchun yagona.
Ming bor agsuslar bo’lsin,
Endi bizlar begona.
Senga she`r yozayotib,
Qalamim cho’chib ketdi.
Yoshlikdagi voqea,
Esimga tushib ketdi.
Yoshligimiz eslayman,
Sen tengi yo’q qiz eding.
Shu damlarni qo’msayman,
Sevgan yorim siz derding.
Biz ilk uchrashgan damlar
Hali-hamon esimda.
Chumchuqlar sayrashardi
Chinorlarning uchinda.
Shu chinorlar ostida,
Har kuni uchrashardik.
Ishq-muhabbat sathida,
To’yolmay dardlashardik.
Kelmay qolsam sen mening,
Yo’llarimni poylarding.
Nega kelmadi deya,
Sog’iniblar yig’larding.
Senga qoyil qolardim,
Erga boqib so’zlarding.
Agar meni sog’insang,
Yuragingdan izlarding.
Xuddi senga o’xshardi,
Sovg’a qilgan gullarim.
Sen uchun yozgan edim
Yuzdan ortiq she`rlarim.
Qayg’uni qilib obod,
Undan yonib yashayman.
Sobiq sevgim umrbod,
Seni sevib yashayman.
Mana bugun sen bilan,
Xufyona uchrasharmiz.
Baxtli yoshlikni eslab,
Bir to’yib dardlasharmiz.
Sen bilan uchrashishni,
Qalbim aldamayapti.
O’sha vaqtni kutishga,
Sabrim chidamayapti.
Soat o’n bir bo’lyapti,
Men tez yo’lga shaylanay,
Uchrashuvga ertaroq,
Borib yo’lingni poylay.
Yoshlikda aytgan edim,
Meni unutgin deya.
Bu dunyoda bo’lmasa,
U yoqda kutgin deya.
Ishq-muhabbat tufayli,
Mana ko’rishib oldik.
U dunyoga yetmasdan,
Uchrashishga ulgurdik.
Sen meni ko’rganingda,
Meni quchib yig’laysan.
Yo yig’lashga keldingmi?
Nega darding aytmaysan?
So’ng ko’zimga termulib,
O’zingni qo’lga olib,
“Nega shu yoshga kirib,
Uylanmadingiz?” – deysan.
O’yga tolib qolarsan,
“Baxtsizman” deysan keyin.
Gar sen baxtsizman desang,
Unda men nima deyin?
Sening baxting yoningda,
Menku, men axir yolg’iz.
Agarda men uylansam,
Osha qiz bo’lar baxtsiz.
Qalbim yonib bo’lgan cho’g’
Buni aniq bilaman.
Yuragimda bo’sh joy yo’q,
Chunki seni sevaman.
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (12.09.2007)
Просмотров: 1196 | Рейтинг: 0.0


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Меню сайта

Категории каталога
Mening olamim she'rlari [520]
Стихи Моего Мира [146]
Verses of My World [4]
SMS sevgilimga [219]
SMS любимым [136]
She'riy xazillar [62]
Cтихи в шутку [10]

Наш опрос
Что подарить любимому парню?
Всего ответов: 220

Мини чат

Copyright DarkmaN © 2024 Зарабатывайте вместе с UcoZ!