Yuragimda alamli titroq. Ishq yo`lida qildimmu gunoh? Buncha bizni qiynama, olloh, Chin sevgini ber ikkimizga. Balki bizlar hali yoshdirmiz, O’ynoqiroq yo beboshdirmiz, Ishq yo’lida oy quyoshdirmiz, Chin sevgini ber ikkimizga. O’rtamizga ayriliq solma, Bergan ishqing qaytarib olma, Doniyorni qilma homtama, Chin sevgini ber ikkimizga. Yuragimda alamli titroq. Ishq yo`lida qildimmu gunoh? Buncha bizni qiynama, Olloh, Chin sevgini ber ikkimizga.
|