Bilaman ko‘ngillar olisdir endi, O‘zgalarga tortiq bo‘lgan yorginam. Intizor nigohlar qoldi yo‘lingda, Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam. Berib qo‘ydim seni birovga, O‘rtanib azobda yonar dilginam. Qayerlardan izlay shirin so‘zingni, Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam. Meni sevaman deb ayta olmading, Qalbimga yaqinim sen erkaginam. Men uchun armonga aylanding endi, Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam. Nigohlarim izlaydi qaro ko‘zlaring, Ezilar sensiz bu tor yurakkginam. Men uchun sen aziz bo‘lding-ku ammo, Qo‘llarim etmagan muhabbatginam.
|