O‘rtab vayron qilding yurakni, Hayotimda baxtim yo‘qoldi. Sevdim seni ko‘ngilda, ammo, Aytilmagan so‘zlarim qoldi. Dilim vayron etgan bevafo, Intizor ko‘z yo‘lingda qoldi. Sog‘ingandan senga termuldim ammo Aytilmagan so‘zlarim qoldi. Meni tashlab ketishing mumkin, Azobing qalbimga ozorin soldi. Men seni qanchalik sevmayin, ammo, Aytilmagan so‘zlarim qoldi. O‘rtab vayron qilding yurakni, Sog‘inchli nigohlar ko‘ngilda qoldi. Sevdim seni chin dildan, ammo, Aytilmagan so‘zlarim qoldi.
|