Bilolmadim sevdim yoki sevildim, Kuydim ishqli olovlangan yuragingda. Mayli meni yulib tashla hayotingdan, Lek yashayin bir zumgina tilagingda. Orzu bo`lib qolding menga ushalmagan, Seva oldim hayotimga keragingda. Sen mendan ketarsan bugun olislab, Ammo yashay bir zumgina tilagingda. Unutmasman seni umrbod Asra meni kichikkina yuragingda. Balki endi uchrashmasmiz sevgilim biz, Lek yashayin bir zumgina tilagingda.
|