Keng dunyoni menga tor etib, Dilginamni o‘rtadi ketdi. Sog‘inchlarni qoldirib menga Yorim o‘zga yorni yor etdi. Ko‘zlarimga ko‘rinmay yoshim, Armonlarni tashladi ketdi. Yuragimga hijronlar solib Yorim o‘zga yorni yor etdi. Sevaman deb aytardi har gal, Nahot barin unutdi ketdi. Aybim nima bilolmay qoldim, Yorim uzga yorni yor etdi. So‘rolmadim ko‘ziga boqib, Nahot ohim xudoga yetdi. Nima qilay qalbimda armon Yorim o‘zga yorni yor etdi...
|