Ochilganda g'unchalar Sog'inganda shunchalar Ko’rging kelsa qanchalar Shu onda esla meni. Sog'inganda o’zimni Qandu asal so’zimni Kelsa ko’rging ko’zimni Shu onda esla meni. Siqilganda yuraging Shirin bo’lsin tilaging Joiz bo’lsa keragim Shu onda esla meni. Qalbingga botganda g'am Garchi cheksang g'am alam Ko’ra olmasangiz ham Shu onda esla meni. Bo’lsam hayotingda kam Ko’zlaringda ko’rmay nam Ko’risha olmasak ham Shu onda esla meni. Eslayman sizni yorim Ko’rolmay og'rir jonim Desang gar meni borim Shu onda esla meni.
|