Kuzning mahzunli kunlari o`tdi, Yo`qotdim men seni xazonlarida. Shamollar uchirib olib ketdimi Qo`zg`olib qolganda azonlarida? Kuz seni axtarib o`tib ketibdi, Daraxtlardan tillarang nishona oldim. Qolib ketgan ko`saklardan birma-bir so`rab Seni topaman deb sovqotib qoldim. Faqat va faqat seni izlabman, Uxlab qolgan novdalardan uyg`otib so`rab. Hech sezmay qolibman, sezmay qolibman, Atrofni qish sovug`i olibdi o`rab. Biz o`tirgan o`rindiqqa xiyobondagi, Borib seni kutdim juda uzoq vaqt. Unutmaymiz hech qachon deya o`shanda, Yozgandik suyanchiqqa kichikkina xat. Yozuvlarni silasam titraydi qo`lim, Ahyonda tushmay qolgan barglar misol. Endi unitishning topmayman yo`lin, Shivirlayman sukunat so`raganday hol. Yuqoriga qarashni yoqtirardik biz, Osmonga tikilaman ko`rinmas oftob. U bulutlar ortiga bekinmas bejiz Boshim uzra qarg`alar qilmoqda xitob. Yana yog`ayapti yomg`ir shavalab, Yuzimdagi yoshlarni yuvaman deya. Seni izlab yuraman sohil yoqalab, Mendaku orom yo`q hamrohim soya. Sen kuzni sevarding bilmadim nega, Ko`rimsiz qolsa ham hatto tabiat. Zavq olarding kengliklardan, paxtazorlardan, Kuzatarding barg to`ksa oddiy bir daraxt. Ba`zan to`kilgan barglarni olib, Derding: "Mana shunday uzilib ketsam", Xazonlarni tepkilab o`tib ketasan, Qaysi barg bilmaysan mening yuragim". So`zlaringni eslasam dilim og`riydi, Shaksiz ko`zimdan yosh tomchilaydi. Janub deb saf tortgan yuzlab turnalar, Qaytganda daraging olib kelsaydi. Qarshimda shovullar betinim dengiz, Nazdimda ummonga cho`kyapti quyosh. Kuzdan uni so`rab yolvormayman hech Tongda qoyalardan ko`taradi bosh. men buni bilaman, faqat va faqat seni izlayman…..
|