Yurakni majburalb sevib bo'lsaydi, Mening so'zlarimga ko'nsaydi qalbim. Ko'ngilga hushomad qilib bo'lmaydi, Netay bir gulni jonimdan suydim. Sevgi gulzorida gullar bepoyon, Yaqinglashsang bari tikonin sanchar. Tog'larning erkasi loladekir qiz, Doimo men tomon intilib yashar. Iboli hayoli masum farishta, O'zifa yarashgan kamon qoshlari. Meni shaydo qildi bir bor qarashda, Sevgimning timsoli uzun sochlari. Sevgimni aytmadim bir yurak yutib, Termulib yashayman qaro ko'ziga. Bu shirin jonimdan ketardim kechib, Samimiy ma'noli bitta so'ziga Ko'zlarimosmonga termulib qoldi, O'ylarim tugamas uni o'ylasam, Yo'liga termulib ko'zlarim toldi Kelin tanlash bilan ovvora onam Mening so'zlarimga ko'nsaydi qallbim, Men uni bundan ham ko'proz sevardim. Mening so'zlarimga konsaydi onam, Men faqat shu gulni suygan bo'lardim. Kongilga xushomad qilib bo'lmaydi, Men undan roziman xushomadsiz ham. Ko'ngil sariyida men sulton bo'lay, U mening sevimli go'zal malikam. Netay faqatgina shu gulni suydim. Shu gulni asradim yurak tubida, Sevib bir narsani tushunib yetdim. Yurakni majburlab sevish befoyda!
|