Sevaman men moviy ko’zlarni, Tillari bol shirin so’zlarni. Atlas ko’ylak kiygan qizlarni, Parilarga aslo hushim yo’q. Suyganlarim Kumushbibilar, Farishtadek sochlari uzun. Momomeros yuzdagi ibo, Guldek doim chehrasi mahzun. Pari paykar o’zbek qizlari, Ayting qaysi farishtadan kam. Soxta emas shirin so’zlari, Yuvsa ketmas qosh qarosi ham. Faqat andek qalb og’rig’im bor, Taqlid qilmang o’zga yurtlarga. Orzu erur PARANJI kiymoq, Zamonaviy xorij qizlarga.
|