Hayot menga qilmadi vafo, Baxtli kunlar kelmadi aslo. Yuragim qon-qon yig'laydi bu kun, Badanim tobutga bosh qo'yar bu kun. Yo do'stlar avf eting birodaringiz Iltimos men ketsam hech yig'lamangiz. Ustimdan kulingiz shodon, beparvo Lekin ortimdan siz gapirmang aslo. Ishoning men sizni juda sevarman Bu tun o'z hayotim sizga tikarman. Uzr bir shirin so'z ayta olmadim, Dardim sizga hech ham ayta olmadim. Dardim ichda tutdim shumidi aybim, Sizni jondan sevdim shumidi aybim? Balkim men ketsam baxtli bo'larsiz, Garchi bir bor bo'lsada kulib qo'yarsiz... Iltimos mendan siz ranjimang aslo O'ylamang ekansan deya bevafo. Izladim, lekin hech topmadim chora, O'limdan o'zga yo'l qilmaydi kora. Nolimang shu ekan taqdirning o'zi, Haqiqatni ko'rmas odamlar ko'zi Do'sti dushman ekan, dushmani do'sti. Hayot menga qilmadi vafo, Baxtli kunlar kelmadi aslo.
|