Birinchi uchrashuv…jon...og‘riq. Ro‘molingni uchidan ushlab, Ko‘zlarimga boqasan qattiq… Isitmadan labingni tishlab. Hayoldan suratim so‘raysan, Bosh og‘riqdan o‘zingni ushlab, Yana bir, takroran qaraysan, Isitmadan labingni tishlab. Va shunda o‘ylaring qorishar, Seni birdan jimlikka boshlab... Og‘riqlar o‘ylaring aritar, Isitmadan labingni tishlab. Birinchi uchrashuv…bo‘ladi, So‘zlarni muhabbatdan boshlab… O‘qigan...lablaring kuladi... Isitmadan labingni tishlab Oh, og‘riqlar… ko‘zlaring yoshlab. Ko‘zingdan hayollar oqdimi..? Isitmadan labingni tishlab, O‘zingdan so‘raysan…yoqdimi..?
|