Unutdim, o‘zlikni unutdim, O‘zimni topshirdim hislarga. Seni deb sevgiga sig‘indim, Sig‘indim sen aytgan so‘zlarga. Ko‘zimni ko‘r qildim sevgidan, Umrimni sho‘r qildim sevgidan, Yana neni aytay?..o‘zlikni, Qaro yer qildim sevgidan, Kel endi ko‘zimga nur bo‘lgin, Takroran sevgiga sig‘inay. Yurakni qo‘limda ko‘tarib, Ortingdan xaloslab yugiray. Kelaqol so‘zimga umid ber, Jonimni olovga tashlain. Omonlik bermay o‘zimga, Ko‘zimni lahzada yoshlain... Ochig‘i, bugun men charchadim, ...Osmoncha charchog‘lar meniki. Jonimni labimga joyladim, Agar, istasang u seniki...
|