Ey, inson, qismating o’ylamaysanmi, Dunyo havasiga qo’lingni siltab. Ahir, erta o’lsang yomon nom bilan Seni hatto bolang yurmaydi eslab. Sen to’plagan boylik nima bo’libdi, Sen qilgan gunohlar ulardan ko’proq. Nafsingning quliga aylanding nechun, Nechta savob qilding, bir o’zingga boq! Zarlaring gunohing yuva olurmi, Yolg’onlaring Alloh kechirarmikan? Dushmanlaring mo’ldir, son-sanog’i yo’q, Bir o’yla, iymonli do’sting bormikan? Bolang uyda nonga zor bo’lganida, Faxshning botqog’iga botganing o’yla. Qo’ldagi sharobing ichishdan avval Ertaga do’zahda yotishing o’yla. Hech bo’lmasa bir bor Parvardigor deb, Chin dildan sajdaga bosh qo’ydingmi ayt?! Birovlardan nolib yurgandan ko’ra, Insofga burkangan Haq yo’liga qayt. Iymon kamarini belingga bog’lab, Hidoyatning yo’lini sen to’g’ri deb bil. Hayotda bir kunlik umring qolsa ham, Tavba qil, tavba qil faqat tavba qil.
|