Muhabbat zavq emas, yo'q u bir otash, Havas qilgan ko'ngillarga ermak emas u! Sevmoq asli birov uchun bahshida yashash, Sevilmoqlik - o'z erkini rad etmoq mangu! Muhabbatni shodlik demang, u tomoshamas, Oshiqlarning kuni hasrat, tunlari bedor. Sevgi hayot demang, zero, bu hayotga hos, Oshiq uchun har daqiqa bitta o'lim bor. Omad emas, muhabbat og'ushida bo'lmoq. Bu sinovkim, men barchaga tilardim to'zim. Bu-bir o'lim, yo dunyoga qaytadan kelmoq, Boqiy sevgi olamida aytmoq o'z so'zin. Muhabbatda haqiqiy ustozing-ko'ngling. Aql ish bermaydi bu yo'lda azal. Azobi yotadir qadamda-mushkul Bu aslo tunlari bitmoqmas g'azal. Muhabbat-saodat! Ammo quvonchmas, Kim shunday o'ylasa chuvalsin o'yi. Dil istab hech kim ham uni qucholmas, Na rangi bor uning va naki bo'yi. Muhabbat suv emas, ichsang-da qonsang, Kiysang yarashtiribki libos ham emas. Mabodo bu yo'lda bir bora tonsang, Boshingni silamas,"kechirdim" demas.
|