Termulaman yo'llarga intiq So'qmoqlarga singib ketaman Bir xayolga aylanib so'ngra Intilaman, senga etaman Ostonangda mixlanar sog'inch Ko'zlaringda erib ketaman "Salom, xayr" qaytaman yolg'iz Qalbga tig'dek botadi hijron Men qaytaman va tor xonamga Qamalaman tanhoyu g'arib Tirqishlardan mo'ralab yana Sog'inch kelar meni axtarib...
|