Xayol...
Bir zum olib ketdi hayolim Osmondagi porloq yulduzlar. Sen haqingda so’zlab hikoya Qalbim tirnab, yuragim bo’zlar.
Ochar edim yulduzlar sirin, Agar bo’lib qolsam munajjim. Sen haqingda yuz yil so’zlashsa Sabr ila tinglar edim jim.
Sabo bo’lsam sening tegrangda Esar edim bir dam tinamyin. O’zingga ham bildirmay hatto Sochlaringni silardim mayin.
Qalbimdagi sevgi niholi Kurtak ochar kundan-kun sayin. Ishq-muhabbat Olloh ishimi, Kashf qilganmi, shaytoni-lain?..
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Admin (23.06.2007)
|
Просмотров: 1010 | Комментарии: 1
| Рейтинг: 0.0
|