O‘t ichida yashash osonmi, Jonim, Nechuksiz? Joningiz omonmi, Jonim? Ayirib qo‘yishdi yo‘llarimizni, Odamlar shunchalik yomonmi, Jonim?
Ko‘ngilning yurtidan ketib bo‘lmaydi. Sinovsiz manzilga yetib bo‘lmaydi. Axir, muhabbatning ko‘chalaridan Yurakka tosh solib o‘tib bo‘lmaydi.
Yer, Samo biz bilan, qisinmaydilar, O‘tkinchi kuchlarga bo‘ysunmaydilar. Tushunib turibdi Xudoyim bizni, Nega bandalari tushunmaydilar?!
Odamlar shunchalik yomonmi, Jonim...
|