Sokin ko'z oqshomi ilk bor uchrashdik
Yurakni qamradi qo'rquv, hayajon
O'sha damlar baxtli edik, baxtiyor edik
Ne qilsang ham mayli, lek yiroq ketma
Yorim diydoringga buncha zor etma
Endi nechun nigohing bunchalar ma'yus
Unda ko'rinadi adoqsiz bir g'am
Nechun termulasan bir so'z aytmay
Darding aytolmaysan boshing egik
Ne qilsang ham mayli, lek yiroq ketma
Yorim diydoringga buncha zor etma
Xoxlasang qo'lingda nozik g'unchadek
Jilmayib dardingga malham bo'layin
Dunyoning g'amidan to'yib yig'lasang
Ko'nglingni yoritgan uchqun bo'layin
Ne qilsang ham mayli, lek yiroq ketma
Yorim diydoringga buncha zor etma
To qiyomat kelguncha foniy dunyoda
Bag'ringga intilaman, yeldek chopaman
So'nggi tomchi qonim qolgunga qadar
Qalbing to'riga yo'l izlab topaman
Ne qilsang ham mayli, lek yiroq ketma
Yorim diydoringga buncha zor etma
|