Men sizni shunchalar sog'indim bugun Bir bora ko'rmoqqa bo'ldim intizor Ko'zlarim termuldi yo'laringizga Tunlarim hijronda o'tmoqda zor-zor. Mushtoqman bir kulib boqishingizga Shu top hayolda ham faqat o'zingiz Sog'inch bilan to'ldi qalbim limmo-lim Dardimga davodir bitta so'zingiz. Ko'zlarim axtarar nigohingizni Yurak ismingizni so'rayveradi Ko'ksimda sog'inchning mungli ohlari Tinmay yo'lingizga qarayveradi. Bu sog'inch degani azobmi, rohat? Ishq ildizi qadar tutashgan izman Sizni deb sochimning tolasigacha Sog'inchga aylangan eng baxtli qizman. Men sizni shunchalar sog'indim netay....
|