Xech qachon xech kimga bermayman eni Bekorga xushomod qilmasin ellar Senga bo'lgan mehrim quchoqlarida Nafaqat ko'klammas, to'rtta fasl bor Iltifot qilmasin daydi shamollar Uchirib ketsin u omonatlarni Shamol bir kun tinib tashlab ketadi Men esa qilmasman xiyonatlarni Qizlar! Hadiksirab deyman bu so'zni Ular shunday go'zal, ular shunday yosh Ammo ulardan ham yosh va go'zalroq Mening qalbimdagi qo'shiq va bardosh. Men seni bermasman yulduzlarga ham Mening orzularim ulardan baland Men seni chorlayman tilaklarimga Yulduzdan yuksakda tiklagancha qad Sen hali bilmaysan men kimligimni Behuda sevmaydi ko'ksimda yurak Hech qachon, hech kimga bermayman seni Sen faqat meniki bo'lishing kerak !!!
|