Shoirlik g'irt bekorchiga ish, Yumushim shu - xayol suraman. Nima haqda? Noqulay aytish... Sizni hamon yaxshi ko'raman. Visolingiz endi-ehtimol, Lekin mudom izlab yuraman. Baxtimga bir xayol bor, xayol, Mushkul-oson, yaxshi ko'raman. Bugungacha sir tutib keldim, Tokay jonim o'tga uraman. Sizgacha va keyingi sevgim, Bari yolg'on yaxshi ko'raman. Bilmaymanmi? Bilaman- uyat, Andishani chetga suraman. Ishoning, yo'q hech yomon niyat, Sizni yomon yaxshi ko'raman...
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: fortuna (08.10.2007)
|
Просмотров: 2330 | Комментарии: 1
| Рейтинг: 5.0
|