Muhabbat xayr endi men suzib ketdim
Suv bo'yida tutib qoldi gulxanim
Labingdan men emas, yulduzlar o'pdi
Yoningda qolmoqqa yo'qdir imkonim
Hijron qayg'usi mening qalbim
Ishonch, irodani ajratar dunyo
Oqimni yengganlar, tepada suzar
Oqqanlarni pastga oqizar daryo
Men oqdim, daryoning oqimi bebok
Endi bag'ringga yulduzlar qo'nsin
Ayriliq to'foni, achchiq alamlar
Olamni buzadi, g'azabi so'nmas
Qayiqda sirpanchiq taxtalar yig'lar
Qirg'oqda gulxanning tutuni uchib
Oydin jamolingni to'sdi bulutlar
Kechir yuragimdan bir nido uchdi
|