Nima bo'ldi mening bardoshlarimga Yuragim olovdir, peshonam cho'g'dir Nega aralashding ko'z yoshlarimga Izlaringga to'kmay ilojim yo'qdir... Sen ko'nglim osmonin yoritgan tunda Jallod ishq gul berdi nechun qo'limga? Endi bolishlarim bo'lgaydir kunda Qattol rashk har kuni chiqar yo'limga. Jonim ermak emas, o'yinmas mehr Ikki yurak uchun mavjud ilmdir Mehring hayotimga bosilgan muhr Men uchun azadir, to'ydir, o'limdir !
|