Qirq jonimni qirq joyidan qirqqa bo'lib, Poyingizga chechak qilib sochdim keling. Bir uzimmas, qirq ishqimga qirqta bo'lib, Dil eshigin faqat sizga ochdim keling. Qirq ming yilqim qoshingizga qaraydirman, Kabogingiz qo'ri kachon eriydi yor. Qirqta jonla bir nigohga yaraydurman, Muz nigohlar qachon bizga eriydi yor. Qirqta jonim qirq joyidan uzilgusi, Magar yorim zor etsangiz bir nigohga. Uvolimda bitta jonni qirq bo'lguvchi, So'ngra ishqim olov bular mahshargohda. Kabogingiz qo'ri qancha qalin bo'lsa, Quyosh bo'lib eritadi sevgim mening, Kim ham eslar ishq deb Guzal Nazar o'lsa, Olov ishqning hotiriga keling begim.
|