Osmonlarda uchaman yoding-la sensiz. Borlig'ingga chirmashib olgan borliqman. Peshonangga o'yilib yozgan yorliqman. Senchi, menga malaksan osmonlar tengsiz, Ishqingning azobidan dod solar osmon. Oh, osmon faryodi yomondan yomon Kuydirmoqlik senga qay yomondan qolgan. Nigohlarim quvaman, oldinga, sizsiz. Borki butun vujudim poyingda zarra. Birgina nigohing bas, ishqimga marra. Oh ishqing azoblarga soladi, unsiz. Qanotlarim siltanar, qo'noq makon yo'k. Bir nafas visolingga qatra zamon yo'q. Va yo sendan ketmoqqa zarra imkon yo'q. Parvonaydim, qanotlarim kuydi ketdi. Yondirmoqdan sira-sira tolmading, oh. Aytganingdan bir boraga qolmading oh. Bir bagri qon ostonangga yig'lab keldi. Eshigingni qoqolmaydi yurak yutib, Yahshiroqdir haydalgandan turmoq kutib. Hayol qoldi hali meni muncha tutib.
|