Aldab-aldab qizni yangalar
O'z yo'liga solib ham bo'ldi
Qiz qalbiga armon va dardlar
Kurtagini yozib ham bo'ldi
Kim ham bilsin qizdagi alam
Qolganligin uzoq o'tmishdan
Ammo bilib jim turar olam
Yurakdagi dog'lar sevgidan
Uni bugun boshqa bir inson
Baxt uyiga eltadi sekin
Ammo qizning bag'ri, dili qon
O'zga chora yuq yo'llar tugun
Qiz qo'zidan qalqigan yoshni
Noz karashma deydi yangalar
Vasl, qalbi tubidagini
Bilmaydi bu sho'x yangalar
Kelinchakka aylangan qizni
Yetaklashar go'shanga tomon
Xayr endi aziz orzusi
Xush qol endi, shavkatsiz armon!
|