Sog'inchim tinmayin qilar nadomat, Begona bo'libdi dunyoga kulfat, Zamonlar qo'shilib ko'tarsa xam qad Men seni sog'indim asri saodat Seni tanigandim kitob varaqlab Go'zal muxitingni qalbimga saqlab Endi xar laxzada ko'zimni yoshlab Men seni sog'indim asri saodat Sening yo'llaringda asxoblar yurdi Saodat uchun jon fidolar qildi O'sha ko'chalarga borolmay endi Men seni sog'indim asri saodat Qiziqib o'qidim dunyo tarihin Go'zal zamonlarga aytdim olqishim Lekin topolmayin senga o'xshashin Men seni sog'indim asri saodat Sening bir kuningga arzimas xecham Bugungacha o'tgan millionlab kun xam Unutganda garchi seni bu olam Men seni sog'indim asri saodat Kichik bolaga xam o'tmagach so'zim Qaro qumday bo'lar qontalash yuzim Behayo dunyodan o'girib ko'zim Men seni sog'indim asri saodat Sening odamlaring xaqni bilardi Payg'ambar izini ko'zga surardi Qaytib kelmasa xam u zamon endi Men seni sog'indim asri saodat Roxatlanar senga ketsa xayollar Endi qaytib kelmas mayin shamollar Raxbarlikni da'vo qilgach ayollar Men seni sog'indim asri saodat Qiyomatni eslab ko'zyosh to'karding Tunlar oxiratga tayyorlanrding Qo'rqmasdan xammani xaqqa chorlarding Men seni sog'indim asri saodat Xozirchi - tanaga begona titroq Azon aytilsa xam tinch qo'ymas mudroq O'xshamaydi xatto momaqaldiroq Men seni sog'indim asri saodat Nomaxram kimsalar quvonganida Namozshom maxali ko'cha kezganda Ular bir-birini sog'inganida Men seni sog'indim asri saodat Sendan uyalardi zaminu samo Bugunchi - xatto chang qolmadi aslo Kitobga qaralib qilingach duo Men seni sog'indim asri saodat Sog'inchim bosolmas xar qancha malxam Zamonlar a'losi bo'lgan zamonam Bashariyat seni unutganda xam Men seni sog'indim asri saodat Ayni laxzalarda burchimni eslab Qo'llarimni ochib osmonga qarab Alloxdan xaqqingga raxmatlar so'rab Men seni sog'indim asri saodat Seni bir qissa deb atasalar xam Buyuk insonlaring bilmasalar xam Xanuz eseserni maqtasalar xam Men seni sog'indim asri saodat!
|