Visolning qasriga ina olmadim, Mening yo'llarimni xijronlar to'sdi. Muxabbat qasrida mangu qolmadim, Kongilda ayriliq daraxti o'sdi.
Sog'inchlar nayzasin qadar kongilga, Javobsiz sevgidan dil yig'lar beun. Bu ko'zlar umid-la, qadalar yo'ga, Sening diydoringni ko'rmoqlik uchun.
Tunlari to'lin oy dardimga sirdosh, Mening dardlarimdan yig'laydi qalam. Alloxim, bergin-ey, tugnmas bardosh, Quvonchlardan yulib keldi-ku alam.
Armon so'qmog'ida o'tib boraman, Sevgidan kul bo'lgan dillarni bosib. Bilmam, ko'nglim senga qachon yoraman, Vaqt esa kutmaydi ketadi shoshib.
Sen meni sevmassan, sevmassan balki, Endi men hijronning yo'ldoshi bo'lgum. Ishq quyoshim nurlar sochmasa hamki, Lekin muxabbatning bag'rida o'lgum.
|