Bog'imga qaytganda sabolar, Qaytadan yaraldi navolar. Shabnamga to'yganda havolar Muhabbat ortiga qaytmadi, Qaerda qolganin aytmadi... Kelganda g'uncha deb uzmadim Yurakning zulfini buzmadim Muhabbat ekanin sezmadim Adashdim. Ketdi-yu, qaytmadi... Sevgilim ekanin aytmadi... Zor bo'lib kutganim yetmasdan O'zgaga parvo ham etmasdan Ortidan ergashib ketmasdan Qolgandim. U esa qaytmadi... "Yur birga ketdik" - deb aytmadi... Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak Bo'lganda men emas, u menga kerak Muhabbat ortiga qaytmadi. Qaytsa ham, manzilin aytmadi... Azimga aylandi nozik bo'y nihol: Bir umr xijronda to'lg'onib behol, Bo'lganda dilpora yetishmay visol Muhabbat ortiga qaytmadi... Ortiga qaytishin aytmadi
|