Meni suyib qolsangiz...
Og`rinmayman xasta dilimni Azoblarga takror solsangiz Dardga mute bo`lmasdim Agar... Agar... Meni suyib qolsangiz Jon-jon derdim Bir qatra yoshday Ko`zingizda bol`sam jon derdim Kaftingizda adashgan qushday Uxlab qolsam... O`lsam jon derdim Yomg`irlarda topilgan sevgim Yomg`irlardan sovuqroq, muzroq Mehringizga isinay desam Ko`nglingizga yo`llarim uzoq Qarshingizda turaman kulib Go`yoki yo`q zarracha g`amim Asli jonim turar to`kilib. Ko`zlarimda yomg`irning ta`mi Dardning buncha qirralari ko`p Xazoni ko`p sevgi bogi`ning. Xudoyimga yig`layman har kun Meni eslang. Meni sog`ining Tun pinjida o`tiraman jim Yuragimga urilar sellar Bu dunyoda bezavol, baxtli Muhabbatga aylangim kelar Yig`lamayman, Kuyuk dilimni- Aldovlarga chayib olsangiz... Baxtga muhtoj bol`masdim Agar... Agar meni suyib qolsangiz.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (15.10.2007)
|
Просмотров: 814 | Комментарии: 1
| Рейтинг: 5.0
|