Muhabbat dardlari...
Sog'inchning sochlari oqarib ketgan, Ishonchning ko'ksida toshlar yig'laydi. Ishonchning qo'llari endi kesilgan, Baxtimning boshini gumon silaydi. Ruhimning yopingan yagona to'ni, Vujudim kuydirar ayovsiz gulxan. Alanga, o't chaqnar, qolgan tanimni Azoblar ayovsiz, o'zga bir sitam. Qo'llarim yetmagan olis yulduzlar, Ko'ksimga bosh qo'yib aylarmish fig'on. Tushim deb suvlarga aytilgan so'zlar, Axir, hammasi ham emas-ku yolg'on! Nahon, quyosh umri shunchalar qisqa, Nahotki, oyning yarmi ham zulmat. Yo rab! Bugun vafo dorga osilsa, sevgiga go'rkov bo'lar xiyonat. sevinchning suvrati sarg'ayib ketgan, Kiprikka osilib yoshlar yig'laydi. Tirnog'im ostida zindonband shayton, Qalbimga hukmdor bo'lmoq istaydi...
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Nilushka (24.10.2007)
| Автор: Nilushka
|
Просмотров: 1400
| Рейтинг: 0.0
|