Men ko'zyoshman, quvonchdan ko'zlarda qotgan, Men quyoshman, kun bilan chiqib, ham botgan. Men chinorman, o'limga xandalar otgan, Men xazonman, sevgi deb yerlarda yotgan. Men quvonchman, yashashga umid uyg'otgan, Men ishonchman, gumondan oldin yaralgan. Men tilakman, yaxshilik-la senga atalgan, Men yurakman ko'ksida ming pora bo'lgan. Men cho'g'man borliqni yoqishga qodir, Men o'qman, tekkanda keng dunyo tordir. Men insonman, omadsiz, senga baxt yordir, Men toshqalb, sevsam gar men uchun ordir. Men gulman, mehringga zor bo'lib so'lgan, Men kulman, sevgimdan faqat shu qolgan. Men yo'lman, olislarga seni chorlagan, Men cho'lman, bepoyon, qumlikka to'lgan. Men, menman-o'sha barchasi, Mehringdan nafas olgan, yurak parchasi.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Nilushka (24.10.2007)
| Автор: Nilushka
|
Просмотров: 807
| Рейтинг: 0.0
|