Derazamdan boqadi ma'yus, tashqarida uvillab shamol. Nigohimiz bo'lib yuzma-yuz, Go'yo so'rar mendan hol-ahvol. Ko'rmasam-da shamolni, biroq, Yuragimni unga ochaman. Shamol, ketma mendan hech yiroq, Ne izlaysan zulmat kechadan. Bu miskin ko'ngildan azobni so'ra, Zero ko'ngil darddan yuksalar, mohim. Sen dardingni qo'sib ko'nglimga o'ra, Balandroq yangrasin darding-la ohim. Lekin senga tegmasin hech suqli ko'z, Mayli menga hamroh bo'lsin azoblar. "Alvido" bu asli menga botin so'z, Xasta yuragimni hanuz azoblar.
|