Subhi sodiq saharlarda sochin silar sanam Sunbul sochin silamagay Soch sarasin sanar sanam Sadoqatda sevgisining sobitini sinar sanam Suluv sanam siymosiga suqlanadi suyib samo Samodagi soxta sabolarni siylar sanam Son-sanoqsiz sevguvchilar sig`mas sevgi sahrosiga Sevgilisin suyib-suyib sardorlikka saylar sanam Sanam sochi silkinganda sergaklanar sayyoralar Sayyoraning sirlarini sendan saqlar soylar sanam Sog`inch singan so`zlariga, sevinch sig`mas so`zlariga Sevishini serzavq soyga sirli-sirli so`ylar sanam Sanam senga siylov sevgim soxta sarobmas samimiy Sadaqadir son-sanoqsiz senga sara "S" lar sanam
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (30.10.2007)
|
Просмотров: 880
| Рейтинг: 0.0
|