Nigohlar tushdiyu qadaldi cho'g'lar, U oddiy cho'g' emas cho'g'langan o'qlar, Shundan beri bu jon bir sizni yo'qlar, Shodman ruxsoringiz ko'rsam har safar, Nilufar! Dilda ajib titroq shirin tuyg'udan, Forig' bo'ldim g'amdan qayg'udan, Ko'zlarim andisha qilar uyqudan, Xudodan so'rarman sizni har safar, Nilufar! Qora qosh, qora ko'z o'tli qarashlar, Sizdayin malakni ko'rmagan bashar, Ko'ksimda yongan cho'g' toabad yashar, Har bir mujgoningiz ko'ksimga xanjar, Nilufar! Yo'llarga termulib ko'zim tinmasmu? Ko'ngil oynasiga g'ubor inmasmu? Ayting, ey gul ishqiy so'zim senmasmu? Uzr, aytganlarim malol kelsa, gar, Nilufar! Yuragimga ilhom baxsh etgan gulsiz, Ismingiz yodimga naqsh etgan gulsiz, Axir qanday yashay gapirmay, tilsiz Qaniydi bir baxtga bo'lsam muyassar, Nilufar!
|