Sog'ingan yuragim intizor hamon, Yetaklar xayolning har ko'chasiga. Vaqt esa baxtimni qilmoqda xazon, Gunohga botishdan qo'rqmas o'zicha. Ilg'amas ko'zlarim titragan namni, Sabrsiz yolvorar ko'nglimda hislar. Azoblar o'rgatar menga kutishni, Tashvishlar bag'rimdan boshpana izlar. Rahmsiz tirnaydi ko'ksimni hijron, Labimda entikar hazin tabassum. Afsuslar qalbimni titratar oson, Ruhimda bir ilinj uyg'onar, lekin Ishqqa masrur yurak seni der hamon.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Nilushka (01.11.2007)
| Автор: Nilushka
|
Просмотров: 3920
| Рейтинг: 4.0
|