Gunohim-sevganim, dushmanim-g'urur, Xokisor sevgida ayb yo'q zarracha. Yig'loqi ko'nglimni ovuta olmay, sarson tentirayman bedor tonggacha. Kulgudan niqoblar yasayman yuzga, Hech kim qolmaganda yig'layman unsiz. O'ziga bo'ysinmas qaysar tuyg'ular, Keng dunyoga sig'may qolaman sensiz. Sensizlik kuyiga ko'nikmoq qiyin, Dil yoqar og'ular yutaman endi. Zaminga sig'magan yetim ishqimni, Osmonlarga olib ketaman endi.
|