Nega sevdim, aytinglar, do'stlar, Ko'ngil uyim buzmoq uchunmi? Yoki o'shal gavhar uyimga, Ishq qasrini tuzmoq uchunmi? Sevdim, sevib ishqim qasrini Bezamadim zebu-zarlardan. Sevganimga ko'z tegmasinn deb, Sepib qo'ydim mushku anbardan. Suratini qalbim to'riga, Saqlab qo'ydim sirim singari. Baxt neligin bilmayman usiz, Baxtlimikan mensiz damlari. Yozsam deyman u haqda doston, Men haqimda o'ylamasa ham. Ul dostonim tugamas aslo. Mashhur baxshi kuylamasa ham.
|