Yigit: Seni men sog'inganda, Gitaramni sozlayman, Ko'zlaring namlanganda, Senga qo'shiq kuylayman. Qiz: Men seni sog'inganda, Jonim seni eslayman. Shirin-shirin so'zlaring, Erkalashing qumsayman. Yigit: Seni men sog'inganda, Yoningga borsam deyman. Ko'zlaring quvnaganda, Erkalab yursam deyman. Qiz: Men seni sog'inganda, Ko'zlaring ko'rsam deyman. Faqat jonim o'zingni, Yagonang bo'lsam deyman. Naqorat Bugun katta ko'chadan, O'tolmayman go'zalim. Seni ko'rib qolsam men, So'zlolmayman so'zlarim. Yigit: Mahallangga o'tsam kech, Derazangga tosh otsam. Shirin uyquda uxlaysan, Meni sira o'ylamaysan. Qiz: Tong otsa ham uxlamay, Seni jonim o'ylayman. Ko'zlarim bir zum yumsam, Ko'z o'ngimda seni ko'raman. Yigit: Yong'oq daraxt tagida, Seni o'ylab kutarman. Sado bermasang hamon, Uyga qaytib ketarman. Qiz: Derazamdan mo'ralab, Bardoshingni sinayman. Telba oshiq yorginam, Ketishing istamayman Naqorat Bugun katta ko'chadan, O'tolmayman go'zalim. Seni ko'rib qolsam men, So'zlolmayman so'zlarim.
|