Bog'imda ochilgan bir tup atirgul
Gulbargin oftobga solgancha ma'yus
Shabboda ishqiga etmayin parvo
Oshiq bulbulini kutadi hanuz...
Bilmaydi bechora bulbuli-go'yo
Faqat g'unchalarga solgan nigohin.
U uchun begona visol, ayriliq,
Tinglamas xech qachon gullarning ohin.
Sevgi deb gullarga aylanar g'uncha,
Xijron azobida qurib bitgay gul.
Muhabbat madhiga dostonlar bitib,
Bir umr tanhoda yashaydi bulbul!
|