So'zlarimga ishonma go'zal,
Ko'zlarimda yolg'onchi nigoh.
Ko'kragimga qo'yma boshingni
Sirlarimdan etmaydi ogoh...
Lablarimdan tishlama go'zal
Bo'salarim o'tkinchi shamol.
Chaqmoq kabi bag'rimdagi o't,
Visol menga shirin bir hayol...
Muz tanimni quchmagin go'zal,
Eritmoqqa jaxannam kerak!
So'zlaringni tinglamas dilim,
Parcha toshga aylangan yurak!
Muhabbatim qidirma go'zal,
Tanim ruhdan ajragan butun.
Unut deyman meni go'zalim,
Faqat seni sevganim uchun!
|