Chirt uzildi sevgi rishtasi Ikkimiz ham ketdik ayrilib Ko'z yoshlarim yuzimni yuvdi Qarolmadim senga qayrilib... Kunlar o'tdi, oylar ham o'tdi Lek bitmadi qalbdagi yara Yupanchingga zor bo'lib yig'lar Ishqdan kuygan yurak bechora... Xayolingdan voz kecholmayman Yuragingga bog'landim abad Senga aslo eta olmayman Buncha azob ekan muhabbat Taqdir sendan ayirsa mayli Lek sevgingdan qilmasin judo Men taqdirga tan berib bo'ldim Sevganimga baxt bergin Xudo...
|