Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on, Mening dilimda hech o'chmas yolqinsiz, Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon, Qancha olis bo'lsak shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona, Ayting, sizdan bo'lak kimim bor yana?.. Siz yo'q chog'imdagi dunyom begona, Siz yo'q bog'imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim, Siz shirin dardimsiz, shirin azobim, Siz mening ko'klardan topgan oftobim, Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz.
Yodimda kechagi sho'xliklaringiz, Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz, Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz, Siz o'sha - kulgusi qo'ng'irog'imsiz.
Siz o'sha ko'zimning kiftida yurgan, Siz o'sha ko'nglimga ko'ngli in qurgan, To'kilay deb tilim uchida turgan She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...
|