Sizini sog'inaman yulduzga qarab, Siz xam yulduzlarga qarab turgandek. Sizni sog'inaman osmonga qarab, Oyga tikilaman habar kutkandek. Shamollar goh menga sirli gap aytar, Tushuna olmasdan qolaman yonib. Sog'inchimni olib ortiga qaytar, Balki o'rtar sizni azobga qolib. Sog'inib ketaman yomg'irlar yog'ib, Yaralganda dilda bir mungli bir qo'shiq. Balki o'sha kuy siz tomon og'ib, Aks sado berar dilingiz jo'shib. Sizdan hech narsa etmayman talab, Hatto hayol bilan bermayman ozor. Sizga faqat ezgu niyatlar tilab, Balki arzimasman qilishga bedor. Balki sizning ham ushbu kechada, Jumbushka kelganda yurak toringiz. Siz ham adashib ko'ngil ko'chada, Unutkandirsiz yo'guboringiz. Sog'inchimni yana yashirib dilga, Ollohdan so'rarman yagona ilinchim. Toki tirikmiz bo'lmaylik birga, Bizni bog'lab tursin, Azobli sog'inch.
|