Keling do'stlar,shoir bo'lamiz, So'zni marjondek ipga ilamiz. Shoir ham odamdir,buni bilamiz, Faqat shoirlikka muhabbat sabab! Eng avvalo she'r uchun tanlangiz mavzu, Qulog'ingizga aytay,mavzu-muhabbat-orzu! Keyin qofiya toping,she'r ham tayyor srazu, Faqat shoirlikka muhabbat sabab! Mavzu bor,qofiya ham,tag'in ne kerak, Albatta muhabbatga yo'g'rilgan yurak. Mana she'r ham tayyor,qaddi naq terak. Faqat shoirlikka muhabbat sabab! Eng muhimi qoldi,shu eng qiyini, Desalar-chi:yoqmadi,she'ring yo'q tayini! Odamlar bir xilmas,kamdir mayini, Faqat shoirlikka muhabbat sabab! Hech ham xafa bo'lma,qaddingni ko'tar, Shoirlik osonmas,asta-sekin bo'lar. Xafaliging bildirma,mushtingga yo''tal! Faqat shoirlikka muhabbat sabab! Dardi yo'qlar she'r qadrin qayerdan bilsin, Ishq darddir,lek shirin dard,misoli tilsim. Tanqidchilarni oldin ishq dardi biiir tilsin, Faqat shoirlikka muhabbat sabab!
|